2023-yilning 14-aprelida UrDU maʼmuriyati va Kasaba uyushma qoʻmitasi oʻrtasida 2020-2022-yillarga moʻljallab tuzilgan Jamoa shartnomasi bandlarining 2022-yilda bajarilishi va 2023-2025 yillarga jamoa shartnomasini tasdiqlashga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi.
Unda fakultet va boʻlimlardan 178 nafar delegatlar ishtirok etdi. Konferensiyani UrDU Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov olib bordi. Anjumanda universitet rektori B.I.Abdullayev va UrDU Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Q.Xamrayevning “UrDU ma’muriyati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi Jamoa shartnomasining 2022-yildagi bajarilish ahvoli” mavzusidagi hisobot tinglandi.
Shundan soʻng, “UrDU ma’muriyati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida xodimlar va talabalarning mehnatini muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini ta’minlash ishlari bo‘yicha 2022-yil uchun tuzilgan kelishuv bandlarinig bajarilishi va 2023-yil uchun kelishuvni tasdiqlash”, “2023-2025-yillarga mo‘ljallab tuzilgan Jamoa shartnomasini tasdiqlash”, “Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibini qayta ko‘rib chiqish” masalalari muhokama qilinib, bu borada delegatlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Yigʻilish natijalariga koʻra, 2022-yilda kasaba uyushma aʼzolari va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida universitet ma’muriyati va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasi tasdiqlandi.
Mazkur yig'ilishdan so'ng, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosat a’zosi, Temiryo’lchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Q.Sobirov va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyati kengashi raisi G.Qurbonboyevalar so'zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda keng ko’lamli siyosiy jarayonlar, konstitutsion islohotlar va 30-aprelda umumxalq referendumi o'tkazilishi munosabati bilan yangilayotgan Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan maʼruza qildilar.