Bugun, 14-aprel kuni Iqtisodiyot fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Ona Vatanimning buyuk farzandlari” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbir avvalida UrDU Birinchi prorektori S.Davletov yurtimizdagi konstitutsion islohotlarga toʻxtalib, amaldagi Konstitutsiyaning yangi tahriri ijtimoiy, huquqiy-demokratik va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratishi, aholi farovonligini oshirishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishi va hayotning barcha sohalarini qamrab olganligini ta’kidlab o‘tdi. Talaba-yoshlarni siyosiy jarayonlarga befarq boʻlmaslikka chaqirdi.
Shundan soʻng, tadbir mehmoni Iqtisodiyot fakulteti professori Tangibergan Doʻschanovning mavzu yuzasidan maʼruzasi tinglandi. Yakunda esa professorning ilmiy va pedagogik faoliyati yuzasidan videorolik namoyish etildi.