Bugun, 15-aprel kuni UrDU Texnika fakultetida “Tinch va farovon yurtga bayramlar yarashadi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Unda t.f.n. dots. B.Sobirov va Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo'limi boshlig'i podpolkovnik A.Sapayev mehmon boʻlib, talaba-yoshlarga keyingi yillarda davlatimiz tomonidan har bir sohada yaratilgan imkoniyatlar haqida soʻz yuritdilar, islohotlar natijasi oʻlaroq, erishilgan yutuqlar ko’rsatib o’tildi. Talabalarga tanlangan kasblariga nisbatan masʼuliyat va faxr boʼlishi lozimligi haqida gapirilib, doimo oʼz ustida ishlash borasida tavsiyalar berildi.
Insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan Bosh qomusimizning yangi tahriri haqida atroflicha soʻz yuritildi.