Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugun Texnika fakultetida “Yoʻl harakati qoidasi – umr foydasi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Unda viloyat YHXB Axborot xizmati katta mutaxassisi, mayor M.Berdiyev ishtirok etib, talabalarga mavzu yuzasidan maʼruza qilib, oʻz tavsiyalarini berdi:

“Yo'l hamisha tasodiflarga to'la bo'lgan. Yo'llarimizda xavf-xatar hamisha mavjud. Undan asranish esa, avvalo, o'z qo'lingizda ekanligini unutmang. Yo'llarda doimo hushyor va sergak bo'ling. Unutmang, siz ko'rib turgan narsalarni haydovchi ko'rmasligi mumkin. Haydovchilar, yo'lda xavf to'satdan paydo bo'lishini doimo yodda saqlang. Yo'l harakati qoidalariga amal qiling”, -dedi maʼruzasi davomida mayor M.Berdiyev .

Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda oʼtdi.  Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi bilan uchrashuv tashkil etildi; urdu.uz

Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi bilan uchrashuv tashkil etildi; urdu.uz

Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi bilan uchrashuv tashkil etildi;urdu.uz