Urganch davlat universiteti Xalqaro hamorlik bo‘yicha prorektori G‘ayrat O‘razboyev joriy yil 25-aprel kuni Toshkent shahrida oʻtkazilgan INNOPROM xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Rossiya Federatsiyasining Tula davlat universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolashga erishildi.
Shartnomada har ikkala universitet uchun ham ilmiy-tadqiqot, ta’lim, ijtimoiy va madaniy faoliyatni rivojlantirish borasida qator manfaatli yoʻnalishlar mavjud.