Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetining “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasida Rossiyaning Udmurtiya davlat universiteti dotsenti Rubleva Yelena Alekseevna shu yilning 1-aprelidan 28-aprelgacha “Veb-kartografiya” fanidan talabalarga maʼruza mashg‘ulotlarini olib bordi.
Bugun mazkur hamkorlik tashrifining soʼnggi kuni oʼlaroq, mehmon Rubleva Yelena Alekseevna Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi. Uchrashuvda shuningdek, “Geodeziya, kartografiya, keografiya” kafedrasi mudiri, dots. A.Abdullayev, kafedra dotsenti I.Atadjonovlar ham ishtirok etishdi.
Muloqotda ikki universitet oʼrtasidagi istiqbolli hamkorlik aloqalari haqida samimiy fikrlar bildirilib, ushbu hamkorlikni yanada rivojlantirish, bu kabi professor-oʼqituvchilar almashinuvini davom qildirish qoʻllab-quvvatlandi. Rektor dots. Yelena Alekseevnaga bir oy davomida talabalarga bergan bilimlari uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.