Olimpiada – maktab bitiruvchlari uchun talabalik sari ajoyib imkoniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5032-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-sonli qarorida  belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2023-yil 29-aprel kuni Urganch davlat universitetida umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha ko‘p bosqichli  olimpiadaning 3-bosqichi yaʼni oliy ta’lim muassasasi bosqichi boʻlib oʻtdi. 

Ahamiyatlisi shundaki, olimpiadaning 1-, 2-, 3-oʻrin sohiblari Urganch davlat universiteti mablagʻlari hisobidan tegishli yoʻnalishlariga talabalikka qabul qilinishadi.

Test sinovlaridan soʻng, hakamlar hayʼati tomonidan aniqlangan gʻoliblarga sertifikatlar topshirildi.

urdu.uz, Olimpiada – maktab bitiruvchlari uchun talabalik sari ajoyib imkoniyat