“Ingliz tili o‘qitishda ijodiy va tanqidiy fikrlashni kuchaytirish va o‘ziga ishonchni shakllantirish” mavzusidagi Access va Urganch davlat universiteti tomonidan tashkil qilingan xalqaro anjuman bugun ham oʻz ishini yalpi yigʻilishlar, koʻrgazmalar va treninglar bilan davom ettirmoqda.
Konferensiya oʻz oldiga yurtimizda ta’limning maktab bosqichida ingliz tili o‘qitishning mavjud holati tahlili asosida mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusida uni rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish, chet tili o‘qitish ta’lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish, fan va ta’lim integratsiyasini amalga oshiruvchi eng yaxshi mexanizm va tajribalar asosida sohani kompleks rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish vazifalarini maqsad qilib qo‘ygan.