Kimyoviy texnologiyalar fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

Bugungi kunda “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlarining ko‘lamini yanada kengaytirish hamda yoshi ulugʻlarning yoshlar tarbiyasida roli va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini oshirish kabi dolzarb vazifani amalga oshirish Urganch davlat universitetida tizimli yoʻlga qoʻyilgan.

Jumladan, bugun Kimyoviy texnologiyalar fakultetida boʻlib oʻtgan uchrashuv ham aynan shu maqsadga qaratildi. Uchrashuvda oliygohimizda uzoq yillardan buyon samarali faoliyat olib borib, universitet rivojiga va talaba-yoshlarning sifatli bilim olishlariga hissa qoʻshib kelayotgan ustozlar, jumladan, UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori  S.Davletov, fakultet dekani Sh.Kuramboyev, universitetning faxriy ustozlari  S.Masharipova, T.Qalandarova, A.Jumanazarova, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professorlari M.Jumaniyazov, O.Qulimov, shuningdek, ushbu fakultetning birinchi bitiruvchilari “Xorazmyog‘moy” AJ korxonasi raisi U.Xudayberganov hamda Urganch “Tillo domor” korxonasi ish boshqaruvchisi G‘.Sharipovlar ishtirok etdilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash, qolaversa, nuroniylarimizning bosib oʻtgan umrlarini eslab, kechgan damlarini mamnuniyat bilan xotirlashlari yoshlar qalbida shukronalik tuygʻusini uygʻotishi bilan muhim ahamiyatga egadir. 

Tadbirda soʻzga chiqqanlarning hayotiy pand-nasihatlari, bugungi kunga shukronalik hissi bilan yashash, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlardan odilona foydalanish borasidagi xulosalari talaba-yoshlar uchun yuksak ma‘naviy tarbiya bo‘ldi.

urdu.uz, Kimyoviy texnologiyalar fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi