Bugun, 11-may kuni Rossiyaning hamkor oliy o‘quv yurti Udmurt davlat universitetining “Sotsiologiya” kafedrasi professori Makarova Marina Nikalayevna, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshligʻi H.Shihova hamda tyutorlar ishtirokida “Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Xorijiy filologiya fakulteti 2-kurs talabalari ishtirok etdilar.
Uchrashuv avvalida davlat va jamiyat rivojlanishiga rahna soluvchi illat – korrupsiya va uni oldini olish borasida Urganch davlat universitetida muntazam ravishda olib borilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtildi.
Professor Marina Nikalayevna “Oliy ta'limda korrupsiyaga qarshi kurashish va akademik etika” mavzusida ingliz tilida taqdimot qildi.
Korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan qonun va qonunosti hujjatlari, “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish, yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv davomida talabalarning fikr-mulohazalari tinglanib, savollariga javoblar berildi.