Professor J.Ermetova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari 12-may kuni Asan shahridagi Soon Chun Hyang universitetiga tashrif buyurishdi. Universitetning "Global ta'lim va almashinuv dasturi" bo'limi boshlig'i Dr. Jaesam Lim va shu bo'lim koordinatori Lee Suejung bilan uchrashdilar. Muzokaralar natijasida 2023-2024 o'quv yilidan talabalar almashinuv dasturini yo'lga qo'yilishiga kelishildi. Shundan so'ng, universitet Kampusi, kutubxona, talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar, to'garaklar, sport komplekslari bilan tanishdilar.