Oliy taʼlim muassasalari rektor va prorektorlari akademik faolliklarini oshirish, shu bilan birga yoshlarga motivatsiya berish maqsadida talabalarga dars oʻtishmoqda

Xususan, 13-may kuni Urganch davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Zafarbek Ibragimov Fizika-matematika fakultetining bir guruh iqtidorli talabalariga “Globallashuv jarayonida taʼlim” mavzusida maʼruza mashgʻulotini olib bordi.  

Dars mashgʻulotida bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan globallashuv davrida taʼlimdagi islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Urganch davlat universitetining xalqaro maydondagi oʻrni, ilmiy faoliyati, xalqarolashtirish jarayonlari, strategiyasi haqidagi qiziqarli maʼlumotlar talabalar eʼtiboriga havola qilindi. 

Bu kabi maʼruzalar yoshlarning bilim olishga boʻlgan qiziqishini tobora kuchaytirish, ilmini oshirish, darslarning jonli tashkil etilishiga turtki beradi.

urdu.uz, Oliy taʼlim muassasalari rektor va prorektorlari akademik faolliklarini oshirish, shu bilan birga yoshlarga motivatsiya berish maqsadida talabalarga dars oʻtishmoqda