Bugun, 15-may kuni Urganch davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.U.Xodjaniyazov Pedagogika fakulteti "Psixologiya (amaliy psixologiya)" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 1-kursning rus tilida tahsil olayotgan talabalariga "Pedagogik psixologiya" fani dasturidagi "Учебная мотивация" mavsusida ma’ruza mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Interaktiv tarzda o‘tkazilgan ushbu ma’ruzada o‘quv sabablari va motivlari, bilish va o‘qish jarayoni asosidagi talabalar o‘quv faolligining pedagogik va psixologik jihatlari, tashqi va ichki motivlar, motivasiyani shakllantirishning usullari kabi masalalar qamrab olindi.