Rahbar va yoshlar uchrashuvi

“Rektor va yoshlar uchrashuvi” haftaligi doirasida bugun, 18-may sanasida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev  universitetning birinchi prorektori S.Davletov va rektor maslahatchisi R.Sharipovlar bilan birgalikda iqtidorli talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Ochiq muloqot shakli boʻlib oʼtgan uchrashuvda universitet rahbariyati talabalar bilan dildan suhbatlashib, ularni muammo va takliflarini tizimli hal qilish hamda amaliy ko'mak berish istagida ekanliklarini bildirishdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish, tashabbus va loyihalarini tadbiq qilishlarida koʼmaklashishga universitet hamisha tayyorligini bildirishdi. 

Muloqot davomida talabalar oʼz muammo va takliflari bilan murojaat qilib, tegishli javoblar oldilar.

urdu.uz, Rahbar va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Rahbar va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Rahbar va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Rahbar va yoshlar uchrashuvi