Ayni kunlarda Erasmus+ KA107 dasturi
doirasida Urganch davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori G.O'razboyev,Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri G.Raximova Roman- german filologiyasi kafedrasi doktoranti N. Samandarovalar Fransiyaning Puatye universitetida ilmiy va xamkorlik aloqalari bo'yicha fikr almashmoqdalar.Bugungi kunda universitetning Urganch davlat universiteti bilan xamkorligini yanada mustaxkamlash,yangi soxalarda ayniqsa hamkor universitetning Til va adabiyot fakultetiga professor-o'qituvchilarni jalb qilgan xolda, mobillikni oshirish xamda ularning ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va turli doirada seminar treyninglar tashkil qilish borasida kelishib olindi. Matematika laboratoriyasi professori Pol Vanxake,
xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Olivier Herault, bundan tashqari TiI va adabiyot fakulteti xalqaro aloqalar bo'yicha dekan muovini Izabel Millon-Zumshteyn bilan qilingan kelgusi rejalar universitetlarimiz orasida xamkorlik aloqalarini rivojlantirish va Erasmus + doirasida oliy o'quv yurtlari uchun amalga oshiriladigan yangi loyihalar to'g'risida fikrlar va g'oyalar almashinildi. Professor Patris Naudin kelgusida Urganch davlat universitetidan Mobillik doirasida professor o'qituvchilar va talabalar tashrifini ko'proq amalga oshirish lozimligini aytib o'tdi.