Inson qalbining shunday nozik pardalari borki, unga faqat va faqat san’at namunalari bilangina yetib borish mumkin. Inson yaralibdiki, u san’atga befarq yashay olmaydi. Sababi, san’at asarlari mangulikka daxldor, u inson ma’naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi, shaxs sifatida shakllantiruvchi vosita.
Koʻplab talaba-yoshlarning talab va istaklariga binoan bugun Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Talabalar xalq cholgʻulari orkestri rahbari I.Karimov dirijyorligida "Musiqa ta’limi" yo‘nalishi 3-kurs talabalari ijrosida hisobot konsert dasturi namoyish etildi.
UrDU Birinchi prorektori S.Davletov kirishi soʻzi bilan boshlangan ushbu konsertdan oʻrin olgan har bir milliy kuy-qoʻshiqlarimizning jonli ijro etilganligi barchaga xush kayfiyat ulashdi. Konsert ko‘tarinki ruh va o‘zgacha shukuhda bo‘lib o‘tdi.