O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, biologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Milliy universiteti professori Bakridin Zaripov shu kunlarda Urganch davlat universitetida Biologiya mutaxassisligi bitiruvchi talabalarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi jarayonlarida DAK raisi sifatida ishtirok etmoqda.
Bugun, 14-iyun kuni prof.B.Zaripov Tabiiy fanlar fakultetining 1-4 kurs Biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda UrDU rektori B.Abdullayev ishtirok etib, yoshlarni olim bilan yaqindan tanishtirdi.
Uchrashuvda prof.B.Zaripov o‘zining hammuallifligida nashr etilgan “Birinchi Renessans allomalari” nomli oʻquv qoʻllanma va unda nomlari keltirilgan O‘zbekiston zamini tarixida oʻchmas iz qoldirgan, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ mutafakkirlar haqida soʻz yuritib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Uchinchi Renessans bunyod etilayotganini taʼkidladi.
Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurаhmonovning “Globаl iqlim o‘zgаrishigа qаrshi kurаsh yashil makon va “yashil” iqtisodiyot dasturlari bilan samarali kechadi” nomli maqolasi mazmun-mohiyati haqida talabalarga maʼlumot berdi.