UrDU talabalar turar joyida fayzli oqshom

2023-yil 16-iyun kuni "Bilim va tafakkurimiz shu el uchun, shu yurt uchun" shiori ostida Urganch davlat universiteti Yoshlar kengashi tomonidan universitet TTJ talabalari uchun "Ittifoq oqshomi" tashkil qilindi.

Talabalar boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ushbu oqshom doirasidagi shaxmat-shashka, stol tennis musobaqalari, mushoira, talabalar ijodidan kuy-qoʻshiqlar tadbirning eng asosiy qismini tashkil qildi.

Yoshlar birgalikda tayyorlagan oʻzbek milliy taomi Osh lazzatidan barcha birdek bahramand boʻldi. 

“Yoshlar oyligi” doirasida bu kabi koʻngilochar tadbirlarimiz davom etadi.

urdu.uz, UrDU talabalar turar joyida fayzli oqshom