“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

2023-yil 20-iyun kuni Urganch davlat universitetida Bioinjeneriya va oziq-ovqat fakultetining 1-3 kurs talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. 

Unda UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov soʻzga chiqib, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish,  oliy taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, universitetda “Yoshlar oyligi” doirasida olib borilayotgan ishlar maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish borasidagi muhim masalalar haqida soʻz yuritdi. 

UrDU rektori maslahatchisi R.Sharipov yoshlar orasida uchrashi mumkin boʻlgan turli yot va buzgʻunchi gʻoyalarni oldini olish boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirdi, yoshlarga bu borada tegishli tavsiyalar berdi. 

Uchrashuv erkin muloqot tarzida oʻtib, unda talabalar savollariga javoblar oldilar.

urdu.uz, “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

urdu.uz, “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

urdu.uz, “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

urdu.uz, “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

urdu.uz, “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI