O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Anatomiya-fiziologiya kafedrasi va Urganch davlat universiteti Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o‘rtasidagi qo‘shma ilmiy va ta’limiy hamkorlik shartnomasi asosida 2019 yil 29-30 oktyabr kunlari professor D.D.Safarova “Sportda moslashuv nazariyasining zamonaviy tamoyillari” mavzusida mahorat darsini o‘qidi.