“Hokim va yoshlar” uchrashuvi

Joriy yil 22-iyun kuni Urganch davlat universitetida Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda UrDU rektori B.Abdullayev, Birinchi prorektor S.Davletov, universitet Yoshlar kengashi faollari, bir guruh iqtidorli talabalar hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda viloyatimizda yoshlarning intilish va tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash, isteʼdod va salohiyatini namoyon etishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. Ayniqsa, Urganch shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida toʼxtanildi. 
Taʼlim sohasiga berilayotgan eʼtibor samarasi Urganch davlat universitetida talabalarga yaratilgan imkoniyat va sharoitlarda namoyon boʻlayotgani aytildi.

Ochiq muloqot tarzida oʼtgan uchrashuvda talabalar oʼz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tashabbuskor va faol yoshlar kelajak rejalari haqida gapirib, zarur tavsiyalar oldilar.

urdu.uz, “Hokim va yoshlar” uchrashuvi

urdu.uz, “Hokim va yoshlar” uchrashuvi

urdu.uz, “Hokim va yoshlar” uchrashuvi

urdu.uz, “Hokim va yoshlar” uchrashuvi