Bugun, 23-iyun kuni Oʼzbekiston Kinomatografiya agentligi tomonidan taqdim qilingan «Ayol qismati» kinofilmining navbatdagi namoyishi Tarix fakulteti talabalari eʼtiboriga havola etildi. Filmda xorijga ketgan ayolning ayanchli taqdiri, vataniga qaytishdagi kechinmalari hikoya qilinadi.
Taqdimot avvalida UrDU Birinchi prorektori S.Davletov va rektor maslahatchisi R.Sharipovlar talaba-yoshlar bilan muloqot olib borib, ularni turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslikka, doimo ogoh boʻlishga chaqirdilar.
Filmning universitet barcha fakultetlari talabalari uchun namoyishlari davom etadi.