Joriy yil 11-aprel kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Urganch davlat universitetiga Shovot tumanida yashovchi qizil toifaga kiruvchi yoshlar biriktirilgan edi.
Shu asosda universitet rektori Baxrom Abdullayev Birinchi prorektor Sanjar Davletov bilan birgalikda UrDUga biriktirilgan shovotlik yoshlardan biri, Shohida Egamberganovaning xonadonida bo‘lishdi.
Shohida Egamberganova Shovot tumani “Qoʻshkoʻpir” mahallasida istiqomat qiladi. Tashrif doirasida uning qiziqishi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, oʻzini –oʻzi bandligini taʼminlash maqsadida tikuv mashinasi taqdim qilindi.