Urganch davlat universitetida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida joriy yilning 24-26 iyun kunlariga moʻljallangan Urganch davlat universiteti va Farg‘ona politexnika instituti talabalari o‘rtasidagi xalqaro “Talabalar festivali” start oldi.
Ayni kunlarda universitetimizda xalqaro ilmiy tadqiqot amaliyotini o'tash maqsadida boʻlib turgan AQSH ning Kaliforniya davlat universiteti talabalarining ishtiroki ushbu festivalga xalqaro maqomini bermoqda.
Bugun Farg‘ona politexnika instituti talabalaridan iborat festival ishtirokchilarini kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov ishtirokchilar bilan uchrashib, festival kun tartibi bilan yaqindan tanishtirdi.
Ushbu festivalning ochilish marosimi soat 14.00 da universitet Madaniyat saroyida boʻlib oʻtadi.