2023-yilning 26-iyun kuni “Global ta’lim va yoshlar” mavzusidagi xalqaro talabalar festivali doirasida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyani Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so‘ng, AQSHning Kaliforniya universiteti professori Z.Ibragimov, universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimovlarning tabrik nutqlari tinglandi. Konferensiya ishiga universitet birinchi prorektori S.Davletov moderatorlik qilib bordi.
Konferensiya avvalida 3 kun davom etgan “Global ta’lim va yoshlar” mavzusidagi xalqaro talabalar festivalida faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng, talabalarning ma'ruzalari tinglandi. Kunning ikkinchi yarmida anjuman o‘z ishini sho'balarga bo‘lingan holda davom qildirmoqda.