2023-yil 3-iyul kuni Urganch davlat universiteti hamda Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada viloyatimizning barcha tuman (shahar)lari Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga qarashli 845 tashkilot va korxonalar oʻzlarining 5777 ta vakant boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdilar.
Shu kunlarda minglab bitiruvchilar universitetni tamomlab, mehnat bozori sari yo‘l olmoqdalar. Shu munosabat bilan ularga yangi imkoniyatlarni taqdim etish, bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu mehnat yarmarkasi viloyatimizdagi barcha OTM bitiruvchilari uchun ajoyib imkoniyat boʻldi.
2022/2023 o'quv yilida Urganch davlat universitetini jami 8120 nafar talaba o’qishini tamomladi. Yarmarkada universitetimizning 384 nafar talabasi ishlash uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.