Bugun Urganch davlat universiteti Ma'naviyat xonasida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari hamda UrDU Qabul komissiyasi mas'ullari viloyatdagi oliy ta'lim olish istagidagi abituriyentlar bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda yoshlarga oliy ta'lim olish bo'yicha mavjud imkoniyatlar to'g'risida batafsil tushunchalar berildi. Viloyatdagi OTM larida yaratilgan sharoitlar haqida so'z yuritildi.
Abituriyentlar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tegishli javoblar berishdi.