Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni oliy taʼlim muassasalarida keng joriy etish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Urganch davlat universitetida muqobil energiya resurslaridan foydalanish borasida 2023-yil uchun 1500 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi quyosh panellar stansiyasi o‘rnatish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar universitet asosiy binosi tom qismiga 350 kVt/soat quyosh panellari o‘rnatildi.
Ayni kunlarda Urganch davlat universitetida 1300 kVt/soat quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Quyosh panellari o‘rnatish ishlarini shu yilning avgust oyiga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda.


