“Korrupsiyasiz ijodiy imtihon” mavzusida targ‘ibot tadbiri oʻtkazilmoqda

Urganch davlat universitetida Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarining ochiq, adolatli, shaffof va yuqori saviyada o‘tishini taʼminlash maqsadida “Korrupsiyasiz ijodiy imtihon” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazilmoqda. Targʻibot tadbiri doirasida ijodiy imtihonlarda ishtirok etayotgan abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari bilan UrDU “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshligʻi H.Shihova suhbat olib bormoqda. Unda turli xil korrupsion huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, korrupsion holatlarga yoʻl qoʻyilmak masalalariga alohida toʻxtanilib, bu borada ota-onalarning ham fikrlari oʻrganilmoqda.

Shuningdek, universitet psixologlari tomonidan ota-onalarining Urganch davlat universiteti haqida fikrlari hamda imtihonlarning tashkil etilishi bilan bogʻliq masalalar haqidagi mulohazlari bilan tanishish, takliflarini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar oʻtkazilmoqda. 

urdu.uz;“Korrupsiyasiz ijodiy imtihon” mavzusida targ‘ibot tadbiri oʻtkazilmoqda