Jarayonlar bevosita vazirlikning mas'ullari va universitet rektori B.Abdullayevning kuzatuvi ostida o'tkazilmoqda.
Bugun abituriyentlar Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (rubob prima, qashqar va afg‘on rubobi) (kunduzgi), Sport faoliyati: erkin kurash (kunduzgi), Sport faoliyati: futbol (kunduzgi) hamda Sport faoliyati: qo‘l to'pi (kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sinovlarda ishtirok etmoqda. Ushbu yo‘nalishlarga jami 284 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, bugun reja-grafikka muvofiq 111 nafar abituriyent sinovlarda ishtirok etishi kutilmoqda. Abituriyentlar normativlarni belgilangan tartibda bajarmoqdalar.
Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, abituriyent va ularning ota-onalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida jarayonlar universitetning camera.urdu.uz platformasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.
Imtihonlar davrida turli korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida UrDU “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshligʻi H.Shihova jarayonlarni kuzatib bormoqda.