Bugun, 1-avgust kuni abituriyentlar Sport faoliyati: (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha) (kunduzgi) va Sport faoliyati: kurash (kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sinovlarda ishtirok etmoqda. Reja-grafikka muvofiq 96 nafar abituriyent sinovlarda ishtirok etishi kutilmoqda.
Imtihonlar davrida turli korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida UrDU “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshligʻi H.Shihova jarayonlarni kuzatib bormoqda.
Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, abituriyent va ularning ota-onalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida jarayonlar universitetning camera.urdu.uz/ platformasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.