Testning ikkinchi kuni taassurotlari….

Bugun yangi o'quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining ikkinchi kuni boʻlib oʻtmoqda. Abituriyentlar belgilangan tartibda test oʻtkaziladigan hududlarda yillar davomida egallagan bor bilim va mahoratini ishga solib, sinovlarda ishtirok etmoqda. Farzandini qoʻllab-quvvatlash, ruhiy dalda boʻlish niyatida birga kelgan ota-onalar uchun kutish xonalarida barcha sharoitlar yaratib qoʻyilgan. Salqin joylarda o‘tirib, farzandini testdagi ishtirokini ekran orqali tomosha qilishmoqda. 

Shuningdek, ota-onalar va abituriyentlarga yanada qulayliklar yaratish, ota-onalarni kayfiyatini koʻtarish, ularni qiziqtirgan savollariga javob berish maqsadida Urganch davlat universiteti jamoasidan iborat "Volontyorlar guruhi" aʼzolari ular bilan suhbatlar olib borib, sotsiologik so'rovnomalar, psixologik treninglar o'tkazishmoqda. Ijodiy guruhning madaniy chiqishlari ota-onalarga bayramona kayfiyat  ulashmoqda.

Eslatib oʻtamiz, test sinovlari 13-avgustga qadar kuniga ikki smenada o‘tkaziladi:

    1-smena — 08:00 dan 11:00 gacha;
    2-smena — 15:00 dan 18:00 gacha.

urdu.uz, Testning ikkinchi kuni taassurotlari….

urdu.uz, Testning ikkinchi kuni taassurotlari….

urdu.uz, Testning ikkinchi kuni taassurotlari….

urdu.uz, Testning ikkinchi kuni taassurotlari….