Bugun, 2-avgust kuni abituriyentlar Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha) (sirtqi) va Sport faoliyati: kurash (kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sinovlarda ishtirok etmoqda. Reja-grafikka muvofiq 105 nafar abituriyent sinovlarda ishtirok etishi kutilmoqda.
Imtihonlar davrida turli korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida UrDU “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim tomonidan jarayonlar kuzatib borilmoqda.
Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, abituriyent va ularning ota-onalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida jarayonlar universitetning camera.urdu.uz/ platformasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.