2023-yil 3-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Urganch shahrida test sinovlari boʻlib oʻtayotgan “Yoshlik” sport majmuasi hamda Urganch davlat universitetiga biriktirilgan abituriyentlar ota-onalarining kutish joyida boʻlib, sharoitlarni koʻzdan kechirdi.
Abituriyenlarni qo‘llab-quvvatlash ilinjida kelgan ota-onalar bilan suhbat qilgan I.Abdurahmonov ta’lim-tarbiya, avvalo, oiladan boshlanishini ta’kidlab, al-Xorazmiy avlodlarini yetkazib berayotganliklari uchun ularga minnatdorlik bildirdi. O‘z navbatida, ota-onalar ham yaratilgan qulayliklar va e’tibor uchun tashakkur aytishdi.
Shu bilan birgalikda, I.Abdurahmonov UrDU “Volontyorlar guruhi” aʼzolari tomonidan ota-onalarni kayfiyatini koʻtarish uchun tashkil etilgan yutuqli oʻyinni kuzatib, gʻolibni aniqlashda yordamlashdi.