Bugun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining navbatdagi haftasi start oldi

Urganch davlat universiteti  “Volontyorlar guruhi” tomonidan abituriyentlarning ota-onalarini ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazish davom etmoqda. 

“Volontyorlar guruhi”ning psixologlari ota-onalarining kayfiyatini koʻtarish maqsadida turli psixologik treninglar oʻtkazishmoqda. 

Imtihonlar davrida turli korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida UrDU “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshligʻi H.Shihova abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari bilan suhbatlar olib bormoqda.