Ayni damda Urganch davlat universitetida 2023/2024 oʻquv yilida xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishini koʻchirish uchun hujjat topshirgan talabalarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.
Talabgorlar Musiqa taʼlimi, Jismoniy madaniyat hamda Sport faoliyati yoʻnalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihon topshirishmoqda.
Universitet rahbariyati hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan imtihonlar davrida turli korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida jarayonlar kuzatib borilmoqda.