Joriy yil 19-sentabr kuni Urganch davlat universitetining Fizika-matematika hamda Xorijiy filologiya fakultetlarida talaba-yoshlarning huquqiy onggi va madaniyatini oshirish, ularni turli jinoiy harakatlardan asrash hamda turli huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida tyutorlar tomonidan profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Xorijiy filologiya fakulteti 1-kurs talabalari ishtirokidagi tadbir "Vatanimiz ravnaqi yoʻlida xalqimizga kamarbastamiz" mavzusida boʻlib, unda Urganch shahri boʻyicha IIO FMB 1 IIB boshligʻi, podpolkovnik Sh.Xasanov mehmon boʻldi.
Fizika-matematika fakultetida esa "Ichki va tashqi tahdidlar hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish vositalari" mavzusida tashkil etilib, unda Urganch shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor, kapitan Y.Qazaqova qatnashdi. Tadbirda 1-kurs Matematika yoʻnalishi talabalari ishtirok etishdi.



