Zakovat NNT bilimdon magistrlari bilan Zakovat klubi bilimdonlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Uchrashuvda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov, "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati koordinatori, "Shuhrat" medali sohibi A.Matkarimov va "Zakovat intellektual klubi" NNT hududiy koordinatori I.Babajanov hamda universitetimizning “Zakovat”ga qiziqishi baland yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda UrDUda “Zakovat intellektual klubi”ning faoliyati, universitet talabalarining “Talabalar ligasi” va turli olimpiadalarda tutgan oʻrni, erishgan yutuqlari haqida soʻz bordi. "Shuhrat" medali sohibi A.Matkarimov yosh bilimdonlarga “Zakovat”ga kirib kelishda nimalarga eʼtibor berish, qanday kitoblar oʻqish, turnirlarda qatnashish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Yakunda intellektual oʻyin oʻtkazilib, qiziqarli savollarga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar taqdirlandi.

urdu.uz, Zakovat NNT bilimdon magistrlari va Nobel mukofoti laureati bilan Zakovat klubi bilimdonlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi