Sharof Rashidov fondidan universitet kutubxonasi uchun kitoblar taqdim etildi

Bugun, 3-oktabr kuni Sharof Rashidov fondi vakillari universitetimizda boʻldilar. Universitet rektori B.Abdullayev boshchiligida rahbariyat bilan uchrashuvda jamoat va davlat arbobi, shoir Sharof Rashidov faoliyati, davlat arbobi sifatida amalga oshirgan ishlari, badiiy adabiyotga qoʻshgan hissasi haqida soʻz yuritdilar. 

Shundan soʻng, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 27-martda imzolagan “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash maqsadida adib haqida yozilgan kitoblarni universitetimiz kutubxonasiga taqdim qilishdi.

urdu.uz, Sharof Rashidov fondidan universitet kutubxonasi uchun kitoblar taqdim etildi

urdu.uz, Sharof Rashidov fondidan universitet kutubxonasi uchun kitoblar taqdim etildi

urdu.uz, Sharof Rashidov fondidan universitet kutubxonasi uchun kitoblar taqdim etildi