Bugun “WikiStipendiya II” jamoasi universitetimizda boʻlib, talabalarga loyiha haqida taqdimot qilishdi.
Mazkur WikiTargʻibotda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Shuningdek, yangi loyihalarda ishtirok etish istagini bildirishdi.
Loyiha tashkilotchilari tomonidan yoshlarga tegishli tavsiyalar berilib, Wikipediyaga doir masalalarda yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishdi.
Uchrashuv davomida “WikiStipendiya II” loyihasi davomida amalga oshirilgan hamda kutilayotgan loyihalar, joriy tanlovlar haqida ham ma’lumot berildi.