O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ilgari surilgan Xalq ta’limi va Oliy ta’lim integratsiyasini amalga oshirish maqsadida Bog‘ot tumanidagi 7 va 4-son umumta‘lim maktabda mahorat darslari bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ilgari surilgan Xalq ta’limi va Oliy ta’lim integratsiyasini amalga oshirish maqsadida Bog‘ot tumanidagi 7 va 4-son umumta‘lim maktabda UrDU yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori t.f.d S.Davletov, Tarix fakulteti dekani t.f.n O.Shixov, Tarix fakulteti dekani yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari X.Saidov, Tarix kafedrasi o‘qituvchisi t.f.n  S.Navro‘zov, Tarix fakulteti talabalari S.Allanazarov hamda N.Abdurazzoqovlar tomonidan mahorat darsi o‘tkazdi. Unda maktab direktori va maktab  o‘qituvchilari qatnashdi. O‘tkazilgan mahorat darslari o‘quvchilar hamda maktab o‘qituvchilari jamoasida yaxshi taassurot qoldirdi. Shu kabi darslarni muntazam ravishda tashkil qilib borish Oliy ta’lim va Xalq ta’limi hamkorligida muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, maktabda 5 ta muxim tashabbus bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko'rgazmasi o'tkazildi.