⚡️Bugun, 3-oktabr kuni Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti Biologiya kafedrasida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda ko'p yillik tajribaga ega professor, talaba-yoshlarning sifatli bilim olishlariga, ko'plab yosh olimlarning ilmiy tadqiqot ishlariga hissa qoʻshib kelayotgan faxriy ustoz Gayipnazar Satipov ishtirok etib, ko‘p yillik faoliyati davomidagi o‘ziga xos yutuqlari va sinovlari haqida gapirdi. Ayniqsa, hayotiy pand-nasihatlari yosh oʻqituvchilar uchun yuksak ma‘naviy tarbiya bo‘ldi.