Xususan, Nanometallarni strukturasini o‘rganish, Yupqa qatlamli quyosh elementlarini olish va o‘rganish, Quyosh panellariga tashqi muhit ta‘sirini o‘rganish, Muqobil energiya manbalari, Oziq-ovqat texnologiyasi, GAT georafik axborotlar tahlili ilmiy-amaliy laboratoriyalari va ulardagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Markaz xodimlari Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan «O‘zbekistonda mavjud ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarning yagona elektron bazasi», «Milliy ilmiy portal» va «Ilmiy-texnik axborot tizimi» elektron platformalarida dolzarb ilmiy yangiliklar, barcha ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar olib borayotgan ilmiy ishlar, laboratoriya ishlanmalari yuzasidan ma’lumot olish imkoniyatlari haqida ta’kidladilar.