Urganch davlat universiteti talaba-yoshlarining sport bilan shug‘ullanishlarini qo‘llab-quvvatlash va bu borada oliygohda zarur sharoitlar yaratish maqsadida Urganch tumani “Mustaqillik” ko‘chasida joylashgan Kimyo texnologiyalar fakulteti hududida 3 qismli sport kompleksining qurilish ishlari yakunlanib, bugun 16-oktabr kuni ochilishi marosimi oʻtkazildi. Unda UrDU rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida universitet Kengashi aʼzolari qatnashdilar.
Ushbu sport kompleksi Mini-futbol, Basketbol, Voleybol, Badminton, Gandbol hamda ochiq turdagi gimnastika maydonchalaridan iborat.
Ochilish marosimida talaba-yoshlarning har tomonlama barkamol boʻlishlarida muhim ahamiyatga ega bu kabi bunyodkorlik ishlari universitet bo‘ylab yana davom etishi, yoshlar uchun sifatli taʼlim va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish bugun kunning dolzarb masalasi ekanligi haqida soʻz bordi.