Urganch davlat universitetida rahbariyatning fakultetlar kesimida uchrashuvlari davom etmoqda. Bugungi uchrashuv Xorijiy filologiya fakultetining 1-bosqich talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv universitet rektori v.v.b. S. Xodjaniyazov va fakultet dekani Z. Jumaniyozov hamrohligida o‘tkazildi.
Dastlab yangi talabalarga universitet hayoti, o‘qish jarayoni va oliy ta’lim muassasasining talabalarga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida qisqacha ma’lumot berildi. Rahbariyat oliy ta’lim sifati, akademik intizom va ijtimoiy himoyaning ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratdi. Birinchi kurs talabalari uchun muhim amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalar taqdim etildi.
Rektor v.v.b.S.Xodjaniyazov ularni o‘qishga mas’uliyat bilan yondashishga, o‘z salohiyatlarini namoyon etishga va universitet imkoniyatlaridan faol foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar bilan yaqindan hamkorlik qilish, iqtidorini rivojlantirish va xalqaro tajribani o‘zlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.