Urganch davlat universitetida “Ustozlar bog′i” tashkil etildi

Urganch davlat universiteti jamoasi tomonidan ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish, yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlarni uzviy davomi sifatida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida, ko‘chat ekish mavsumida oliygoh hududida “Ustozlar bog‘i” tashkil etildi. 

Mazkur bog′ga 80 tup olcha va mavsumiy gullar ekildi. Bugun UrDU rektori B.Abdullayev “Ustozlar bog‘i”ni yanada kengaytirish hamda turli manzarali va mevali daraxtlar keltirib ekish borasida mas′ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Darhaqiqat, ushbu ekilayotgan navlar kelgusida universitetimizning koʻrkiga koʻrk qoʻshib, atrof-muhitni yanada koʻkalamzorlashtiradi. Bu esa insonlarga nafaqat yaxshi kayfiyat ulashadi, balki salomatlik uchun ham juda foydali soʻlim maskanga aylanadi. Soyasidan barchamiz birday bahramand boʻlamiz!

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Ustozlar bog′i” tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Ustozlar bog′i” tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Ustozlar bog′i” tashkil etildi