Avval xabar berganimizdek, Urganch davlat universitetining asosiy hududida yangi Axborot resurs markazining qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu Axborot resurs markazi binosi asosan 2 blokdan, jumladan, 5 qavatli 500 o‘rinli kutubxona binosi hamda 506 o‘ringa mo‘ljallangan faollar zalidan iborat bo′lishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, universitet muzeyi ham mazkur binoda joylashishi belgilanmoqda.
Talabalarga qulaylik yaratish hamda ularning yanada sifatli ta‘lim olishlari uchun o‘ziga xos zamonaviy tipda qad roslayotgan ushbu kutubxona binosining qurilish ishlarini ko‘zdan kechirish maqsadida bugun universitet rektori Baxrom Abdullayev hududda bo‘ldi. Quruvchilar bilan suhbatda bo‘lib, qurilish ishlarining borishini kuzatdi.