Inson qalbiga yoʻl mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi. Ming yillar davomida shakllangan mehr-oqibat tushunchalari asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, maʼnaviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir. Qolaversa, begʻubor bolajonlarimiz koʻz quvonchimiz, Vatanimiz ertalaridir.
Bugun, 24-oktabr kuni Urganch davlat universiteti rahbariyati, Yoshlar ittifoqi UrDU boshlangʻich tashkiloti yetakchilari hamda faol talaba-yoshlar Urganch shahar Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 96-sonli maktab internatga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida "Ozod va obod vatanning kelajagi – yoshlar" shiori ostida madaniy tadbir tashkil etildi. Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev soʻzga chiqib, barcha bolajonlarga ezgu tilak-istaklar bildirdi. Iliq va samimiy suhbat, goʻzal tilaklar barobarida talabalar tomonidan chiqishlar qilindi, qiziqarli viktorina oʼyinlar oʼtkazilib, gʼoliblar munosib taqdirlandi.