25-oktabr  – “Ichki ishlar xodimlari kuni” munosabati bilan rektor tabrigi

Aziz soha mutaxassislari, Sizlarni bugungi qutlug‘ sana – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami bilan barcha ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilari, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini samimiy tabriklayman.

Ushbu ayyomda o‘z hayotini Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq manfaatlariga xizmat qilishni o‘zining professional burchi deb biladigan azm-u shijoatli xodimlarimizning fidokorona mehnatlari alohida e’tirofga sazovor.

Bugungi yangilanayotgan, o‘zgarayotgan O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarilib, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”, Yangi O‘zbekiston sari shaxdam qadam tashlamoqda. Va bu yo‘lda vatanimiz uchun Sizlar juda katta kuch, tirgakdirsizlar.

Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka, mas’uliyatli va sharafli ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman.

Ishonamizki, o‘z kasbiga sadoqatli, fidoyi ichki ishlar zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifalarni chuqur his etgan holda o‘zlarining bor bilim, malaka va kuch-g‘ayratlarini safarbar etib, sharafli burchlarini vijdonan bajarib, xalqimiz va Yurtboshimiz ishonchiga doimo munosib bo‘ladilar.

Hamisha yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! 

 

Baxrom  Abdullayev

Urganch davlat universiteti rektori, professor.