Rektor yangi barpo etilayotgan kutubxonaning qurilish ishlari bilan tanishdi

Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev birinchi prorektor D.Ibadullayev hamda rektor maslahatchisi R.Sharipovlar hamrohligida universitetning asosiy hududida yangi barpo etilayotgan Axborot resurs markazining qurilish ishlari bilan tanishish maqsadida hududda boʻldi.

Rektor talabalarga qulaylik yaratish hamda ularning yanada sifatli ta‘lim olishlari uchun o‘ziga xos zamonaviy tipda qad roslayotgan ushbu kutubxona binosining qurilish ishlarini ko‘zdan kechirar ekan, quruvchilar bilan muloqot qilib, zarur tavsiyalar berdi.

Maʻlumot oʻrnida, ushbu Axborot resurs markazi binosi asosan 2 blokdan, jumladan, 5 qavatli 500 o‘rinli kutubxona binosi hamda 506 o‘ringa mo‘ljallangan faollar zalidan iborat bo′lishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, universitet muzeyi ham mazkur binoda joylashishi belgilanmoqda.

urdu.uz, Rektor yangi barpo etilayotgan kutubxonaning qurilish ishlari bilan tanishdi